
Zidan sabab yana bir futbolchi "Real"dan ketmoqchi
"Real" yarim himoyachisi Isko transfer oynasi vaqtida madridliklar tarkibini tark etishga qaror qildi. 28 yoshli futbolchi klub rahbariyati bilan uchrashib, bu haqida xabardor qilgan.
Ta’kidlanishicha, o‘yin amaliyoti kamligi va jamoa ustozi Zinedin Zidan bilan munosabatlari sabab ispaniyalik futbolchi ketishga qaror qilgan.
"Real" ham shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadigan futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, biroq klub ushbu transferdan 60 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Isko La Liga bahslarida ettita o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar