Zidan Serxio Ramos Olimpiadada qatnashmoqchi ekanligiga munosabat bildirdi

  • 21 fevral, 2020, 23:26
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa himoyachisi Serxio Ramos borasidagi savollarga javob berdi.

- Ramos Tokio-2020da qatnashmoqchi ekanligi borasida nima deya olasiz?

- Agar, u buni xohlasa, men uni qo‘llab-quvvatlayman. Bunday pallalarda Vatanni himoya qilish doim yoqimli bo‘ladi.

- Ramosning doim asosiy tarkibda o‘ynashi haqida nima deya olasiz?

- Yaxshi savol. U bizning sardorimiz, etakchimiz va muhim futbolchimiz. Men uni zahirada olib o‘tirishga qiziqmayman. U barcha uchun juda muhim, faqatgina menga emas!

- Shartnoma uzaytiriladimi?

- Ramos doim men bilan bo‘lishini xohlayman. Bu juda yaxshi bo‘lardi," - dedi Zidan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sultanbek Baymuratov
01/03/2020 22:32
Рамос это Рамос