
Zidan yana "Real"ga qaytishi mumkin, ammo...
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi, ayni damda ishsiz hisoblangan Zinedin Zidan yana "qirollik klubi"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 50 yoshli frantsiyalik mutaxassisni Madridga qaytarish uchun klub prezidenti Florentino Peres biroz yon berishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Zidan “Yuventus”, “Marsel” va Frantsiya terma jamoasida ishlashga tayyorligi ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Zidan 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilgacha "Real"ni boshqargan. Frantsiyalik murabbiy qo‘l ostida "qaymoqranglilar" uch marta Chempionlar ligasida zafar quchgan va ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan.
Fikrlar