Zidan: Yovich gol urishni boshlasa, hammasi o‘zgarib ketadi

  • 30.01.2020 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachisi Luka Yovichni qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

Aytish kerakki, 21 yoshli serbiyalik futbolchi “qirollik klubi”ga o‘tgan yozgi transferlar davrida “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1 ta gol urdi xolos.

“Men Yovich gol urishini xohlagan bo‘lardim. Agar u o‘z ustida ishlashda davom etsa buni albatta uddalaydi. Bu normal holat. Chunki, u yosh va kelganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. U katta futbolchilar bilan birga to‘p surishga va jamoaga moslashib olishi kerak. Bu uning uchun foydali bo‘ladi.

Yovich gol urishni boshlasa, hammasi o‘zgarib ketadi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!