
Zidan Yovich haqida nimalar dedi?
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning serbiyalik hujumchisi Luka Yovich haqida ijobiy fikrlarni bildirdi.
“Yovich bu jamoamiz kelajagi. U xotirjamlikni saqlashi va o‘rganishni davom ettirishi kerak. U ko‘plab gollar uradigan ajoyib futbolchi. Biz unga umid bog‘ladik”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Real” bugun Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Valensiya”ga qarshi bahs olib boradi. Madridliklarning asosiy hujumchisi Karim Benzema jarohati sabab ushbu bellashuvda ishtirok etolmaydi. Shu bois katta ehtimol bilan Yovich uning o‘rniga asosiy hujumchi sifatida o‘ynaydi.
Fikrlar