Zidanning o‘rniga da’vogar 2 murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi

  • 04.02.2021 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga nomzod tanladi. "Qirollik klubi"ni boshqarishga ikki  mutaxassis nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Cadena SER nashrining ma’lum qilishicha, Zinedin Zidanning o‘rnini Raul yoki Massimiliano Allegri egallashi mumkin.

Tecno

Ayni damda Raul “Real”ning yoshlar jamoasini boshqarayotgan bo‘lsa, Allegri ishsiz hisoblanadi. Aytish kerakki, 43 yoshli Raul “Real”ning yoshlar jamoasi bilan o‘tgan mavsum UEFA yoshlar ligasida g‘alaba qozondi. 53 yoshli Allegri esa, "Yuventus" va "Milan" klublaridagi faoliyati bilan mashhur hisoblanadi.

“Real” ayni damda 20 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!