Zinchenko PSJga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
"Manchester Siti" klubining chap qanot himoqchisi Aleksandr Zinchenko UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabi 24 yoshli ukrainalik futbolchini Parijdagi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.
Zinchenko joriy mavsum “shaharliklar” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Manchester Siti" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar