Ziyoda Xudoyqulova - Osiyo chempioni, Munisa Boltaevada esa bronza medal!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
-61 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, mazkur vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan qashqadaryolik Ziyoda Xudoyqulova 93 va 96 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Ushbu natija sportchimizga yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida dast ko‘tarish yo‘nalishida oltin medalni taqdim etdi.
-61 kg vazn toifasi dast ko‘tarish bahslarida ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yosh va iqtidorlu sportchimiz Munisa Boltaeva 84, 87 va 89 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarish yo‘nalishining bronza medalini qo‘lga kiritdi.        
 Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!