Zlatan Ibrohimovich va Tayson Fyuri Angliya klubini sotib oladi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri va shvetsiyalik futbol yulduzi Zlatan Ibrohimovich Angliyaning “Morkam” futbol klubi egalariga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klubni sotib olish g‘oyasi ikki sportchi Polshada jahon chempionati bilan bog‘liq reklama kampaniyasi ustida ishlayotgan vaqtda uchrashganidan keyin paydo bo‘lgan. Suhbat davomida klubni xarid qilish va loyihani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Manbalarga ko‘ra, Fyuri va Ibrohimovich jamoani sotib olishdan tashqari Netflix uchun “Morkamning yuksalishi” deb nomlanishi kutilayotgan hujjatli serialni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Ushbu loyiha gollivud aktyorlari Rayan Reynolds va Rob Makelxenni sotib olganidan keyin Angliyada eng ko‘p muhokama qilingan klublardan biriga aylangan “Reksem” muvaffaqiyatini takrorlashi mumkin.
Fyurining “Morkam” bilan shaxsiy bog‘liqligi ham bor, chunki u klub joylashgan shaharda yashaydi va uning mashg‘ulot bazasi jamoa stadionida joylashgan. Shuningdek, u Netflix bilan “Fyurilar xonadonida” loyihasi orqali ishlash tajribasiga ham ega.

Fikrlar