Zlatanni to‘xtatadigan yo‘qmi?

  • 19.01.2021 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich “Kalyari”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ikki bor nishonga olib, 2021 yildagi dastlabki gollarini urdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shvetsiyalik hujumchi 1999 yildan beri har mavsumda gol urib kelmoqda. Uning golli seriyasi 23 yildan beri uzluksiz davom etmoqda.

Zlatan joriy mavsumda A Seriyada 8 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi. Qizig‘i, u beshta uchrashuvda ikkitadan to‘p kiritib, dublga erishgan. Ikkita uchrashuvda raqib darvozasini bir martadan ishg‘ol qilgan va atigi bitta o‘yinda gol kirita olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!