Zlatko Dalich: "Modrich — biz uchun lider va yo‘nalish ko‘rsatuvchi"

  • 28.03.2026 16:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Luka Modrichning so‘nggi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Yaqinda "Milan"ning markaziy yarim himoyachisi Xorvatiya terma jamoasi uchun Kolumbiyaga qarshi (2:1) bo‘lib o‘tgan g‘alabali o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

"U bizning kapitanimiz, yo‘nalish ko‘rsatuvchimiz va liderimiz. U ko‘p marta hisobdan chiqarilgan, ammo u notakror va o‘ziga xos. Umid qilamanki, u bizga Jahon chempionatida katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi", — dedi Dalich.

Hozirgi mavsumda 40 yoshli Modrich barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va uchta assist qayd etdi. Keyingi mundial guruh bosqichida xorvatlar Angliya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!