"Zomin" - "Zarangari" uchrashuvi o‘tkazilmadi. Mehmonlarga texnik mag‘lubiyat yozildi

B Pro-liganing 3-turi doirasidan o‘rin olgan “Zomin” – “Zarangari” uchrashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Gap shundaki, Buxoro viloyatining “Zarangari” jamoasi mazkur uchrashuvni o‘tkazish Yangier shahriga o‘z vaqtida  etib kelmadi. Natijada, PFL komissari mazkur bahsga ruhsat bermadi. Shunday qilib, “Zarangari” jamoasiga texnik mag‘lubiyat yoziladigan bo‘ldi.

Darvoqe, "Zomin" va "Zarangari" jamoalarining iltimosiga ko‘ra, bu jamoalar ayni vaqtda o‘yin amaliyotini saqlab qolish uchun nazorat o‘yini sifatida o‘zaro to‘p surishmoqda. 

Shu tariqa “Zomin” 3-turdan so‘ng 9 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamlab oladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!