"Zomin" - "Zarangari" uchrashuvi qaysi stadionda bo‘lib o‘tadi?
B Pro-liganing "G‘arb" mintaqasi ishtirokchisi "Zomin" 3-turni o‘z maydonida o‘tkazishi lozim edi.
Olgan ma’lumotlarimizga qaraganda, jamoaning 3-tur doirasida "Zarangari"ga qarshi kechadigan uchrashuvi Yangier shahrida "Markaziy" o‘yingohda o‘tkaziladi. Bunga sabab "Zomin" jamoasining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi "Zomin" jamoasi ikki turdan so‘ng 6 ochko bilan "G‘arb" mintaqasida "Yangier" bilan qo‘shhukmronlikni o‘rnatishgan.
Fikrlar