"Zomin" "Xorazm"ni mag‘lub etib, kubokdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

  • 7 aprel, 2022, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Zomin" - "Xorazm" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Dastlab 27-daqiqada Shuhrat Sadirdinov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, xorazmliklar vakili Sarvar Jumaniyozov muvozanatni tikladi.

35-daqiqada Otabek Ahmatjonov yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Saidmahmud G‘ulomot farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 

Shu tariqa, zominliklar "B" guruhida 3 ochko to‘plagan holda, 1-o‘rinni egallab turibdi. 

"Xorazm" ayni payt so‘nggi pog‘onani band etgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!