Zominda o‘zbek jang sanʼati bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi
Milliy urf odatlarimiz, qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma'naviy merosimiz va albatta, oʻziga xos va oʻxshashi yoʻq jang usullarini oʻzida mujassamlashtirgan
Oʻzbek jang sanʼati bugun yoshlarmizning sevimli sport turiga aylanib borayotganini Zomin tumani mezbonlik qilgan mamlakat chempionatida koʻp sonli sportchilarning ishtirokidan ham anglash mumkin.
Joriy yilning 5-7 may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida oʻsmirlar, yoshlari va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Sport vazirligi hamda Respublika Oʻzbek jang sanʼati federatsiyasining yillik taqvim rejasidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida 1200 nafar sportchilar "Temuriylar bellashuvi", "Qilich-qalqon", "Kamonidan oʻq uzish" hamda "Nayza uloqtirish" yoʻnalishlarida oʻzaro kuch sinashishdi. Zomin tumanining goʻzal tabiat qoʻynida oʻtgan musobaqaning dastlabki kun bellashuvlarida 700 nafar yaqin oʻsmirlar va yoshlari har bir yoʻnalishda 8 tadan vazn toifasida gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.
Qiziqarli oʻtgan uchrashuvlarning birinchi kunida eng munosib deb topilgan yosh atletlar gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Reglamentga koʻra, musobaqaning ikkinchi kunida kattalar oʻrtasidagi "Temuriylar bellashuvi", "qilich-qalqon", "kamondan oʻq uzish", "nayza uloqtirish" "ot choptirish", "ot ustida kamondan oʻq uzish" "ot ustida qovoq kesish" yoʻnalishlari boʻyicha bellashuvlar ham murosasiz va shiddatli tarzda davom etdi. Belgilangan har bir yoʻnalishda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilar shoh supasiga koʻtarilib, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
Chempionatning yakuniy natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Andijon jamoasi egalladi. Ikkita uchinchi oʻrin esa Jizzax va namanganlik atletlarga nasib etdi.

Fikrlar