Asosiy mazmunga oʻtish
Zo‘ri qaysi? Manchesterliklar jamoani besh murabbiydan biriga topshirmoqchi

Zo‘ri qaysi? Manchesterliklar jamoani besh murabbiydan biriga topshirmoqchi

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan “Manchester Yunayted” kelasi mavsumda jamoa bilan kim ishlashini aniqlash uchun murabbiylar bozorini o‘rganmoqda.

Transfer News Live va The Sun nashrlari xabar berishicha, manchesterliklarning qisqa ro‘yxatidan besh nafar murabbiy joy oldi.

Koub rahbariyati bosh murabbiylikka Oliver Glasner (“Kristal Pelas”), Unay Emeri (“Aston Villa”), Andoni Iraola (“Bornmut”), Yulian Nagelsmann (Germaniya milliy terma jamoasi), Roberto De Dzerbi (hozircha ishsiz) kabi tajribali mutaxassislardan birini taklif etish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

Shuningdek, yanvar oyining o‘rtalaridan beri “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Maykl Karrik ham jamoa yaxshi natijalar ko‘rsatsa, joyida qolish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Hozirgi vaqtda “Manchester Yunayted” Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q