Asosiy mazmunga oʻtish

Zubayra Txugovning sarguzashtlari yakunlandi...

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U faoliyatini yakunladi.

Chechenistonlik MMA jangchisi Zubayra Tuxugov rasman faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi. 

"Zubayra faoliyatini to‘xtatdi. Biz u bilan birga ishlashda davom etamiz. Unga yordam beramiz", – deya Magomedovning so‘zlarini keltiradi TASS axborot agentligi.

Ma’lumot uchun, Zubayra Tuxugov o‘tgan yili UFC rosteridan o‘chirilgandi. U so‘ngi jangini "UFC 284" turnirida o‘tkazgan va braziliyalik Elvis Brenerga hakamlarning alohida qarori bilan imkoniyatni boy bergandi.Tuxugov faoliyati davomida 27 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q