
Zufar Sulaymonov: "U muxlislar uchun ham jang qilgan"
"Jang" ruknining bu galgi mehmoni ajoyib murabbiy Zufar Sulaymonov bo‘ldi. U Tszyu va Hamed o‘rtasida o‘z tanlovini ma’lum qildi.
- "Bokschi sifatida Konstantin Tszyu undan ancha kuchli bo‘lgan. Ham texnik ham taktik jihatdan Hamed Tszyu bilan bahslasha olmaydi. Nasim Hamed esa muxlislarni jalb qilish borasida, shou borasida benazir bo‘lgan. Muxlislar uchun ham maxsus jang qilgan. Umuman olganda ikkisi ham boks uchun ko‘p narsa bergan deb ayta olaman. Tszyuni maqtab, Hamedni kamsitmoqchimasman. Shunchaki boks maktabi borasida Tszyu mukammalroq edi", dedi Zafar Sulaymonov.
Fikrlar