
Mariya Sharapova Abu-Dabida uchrashuvga chiqadi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Abu-Dabi shahrida 19-21 dekabr kunlari o‘tkaziladigan ko‘rgazmali turnirda ishtirok etishini muxlislariga eslatib qo‘ydi.
"Juda oz vaqt qoldi! 19 kuni sizlar bilan BAAda uchrashaman", – deb izoh qoldirdi M.Sharapova o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada Mariya amerikalik tennischi Amanda Anisimovaga qarshi kortga chiqib, ikki setlik o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar