
Timea Babosh va Kristina Mladenovich Xitoyda g‘olib bo‘ldi
Vengeriyalik Timea Babosh va frantsiyalik Kristina Mladenovich Shenchjen shahrida o‘tkazilgan yakuniy turnirning juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Timea va Kristina musobaqaning hal qiluvchi o‘yinida chexiyalik Barbora Strikova hamda tayvanlik Se Su-Veyni 6:1, 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Babosh va Mladenovich faoliyatidagi 22-bosh sovrinni qo‘lga kiritib, 315,000 AQSh dollari hamda 1080 reyting ochkosini ishlab oldi.
Fikrlar