
WSB VIII mavsumi guruh bosqichi yakunlanib, barcha chorak finalchilar aniqlandi
Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumining guruh bosqichi uchrashuvlariga yakun yasaldi.
Ushbu mavsumda jamoalar uchta mintaqaga – Osiyo, Amerika va Evropaga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. Unga ko‘ra, “A” guruhidan Amerika mintaqasi jamoalari bilan birga “Uzbek Tigers” jamoasi ham o‘rin oldi. O‘zbek jamoasi guruhda amaldagi vitse-chempion “Cuba Domadores” (Kuba), “Colombia Heroicos” (Kolumbiya) va “Caciques Venezuela” bokschilari bilan kurash olib bordi.
O‘tkazilgan 6 uchrashuvning 4 tasida g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan “Uzbek Tigers” 13 ochko jamg‘arib, “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Birinchi o‘rin “Cuba Domadores” boksilari egallashdi. Ular 15 ochko jamg‘arishgan.
“A” guruhi turnir jadvali bilan tanishing:
|
|
||||
JAMOALAR |
OChKO |
JANG |
G‘ALABA |
MAG‘LUBIYaT |
DURANG |
1. CUBA DOMADORES (Kuba) |
15 |
6 |
5 |
1 |
0 |
2. UZBEK TIGERS (O‘zbekiston) |
13 |
6 |
4 |
2 |
0 |
3. COLOMBIA HEROICOS (Kolumbiya) |
8 |
6 |
2 |
4 |
0 |
4. CACIQUES VENEZUELA (Venesuela) |
4 |
6 |
1 |
5 |
0 |
“V” guruhidan Evropaning eng kuchli to‘rtta jamoasi o‘rin egallashdi. Kutilganidek mazkur guruhda WSB VII mavsum finalchisi Buyuk Britaniyaning “British Lionhearts” 16 ochko jamg‘arib peshqadamlik qilgan bo‘lsa, shuncha ochko jamg‘argan Frantsiyaning “France Fighting Roosters” jamoasi ikkinchi o‘rinni egallashdi. Shuningdek, “Italia Thunder” bokschilari 8 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Xorvatiyaning “Croatian Knights” jamoasi 2 ochko to‘plab, turnirni tark etdi.
“V” guruhi
|
|||||
Jamoalar |
Ochko |
Jang |
G‘alaba |
Mag‘lubiyat |
Durang |
1. BRITISH LIONHEARTS (Buyuk Britaniya) |
16 |
6 |
5 |
1 |
0 |
2. FRANCE FIGHTING ROOSTERS (Frantsiya) |
16 |
6 |
5 |
1 |
0 |
3. ITALIA THUNDER (Italiya) |
8 |
6 |
2 |
4 |
0 |
4. CROATIAN KNIGHTS (Xorvatiya) |
2 |
6 |
0 |
6 |
0 |
Osiyo mintaqasidagi jamoalar esa “S” guruhida ishtirok etishdi. Mazkur guruhda o‘tgan mavsum g‘olibi Qozog‘istonning “Astana Arlans” jamoasi peshqadamlikni saqlab qolgan holda, o‘tkazilgan 6 uchrashuvning 5 tasini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, bittasida rus jamoasiga imkoniyatni boy bergan va 15 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi.
Ulardan ikki ochko kam jamg‘argan “Patriot Boxing Team” ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Kecha Xitoyda o‘tkazilgan so‘nggi guruh uchraushvidan keyin Hindistonning “Indian Tigers” jamoasi “China Dragons” jamoasiga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, biroq mazkur mag‘lubiyat hindlarning keyingi bosqichga chiqishiga to‘sqinlik qila olmadi.
Jamoalar |
Ochko |
Jang |
G‘alaba |
Mag‘lubiyat |
Durang |
1. ASTANA ARLANS (Qozog‘iston) |
15 |
6 |
5 |
1 |
0 |
2. PATRIOT BOXING TEAM (Rossiya) |
13 |
6 |
4 |
2 |
0 |
3. INDIAN TIGERS (Hindiston) |
8 |
6 |
2 |
4 |
0 |
4. CHINA DRAGONS (Xitoy) |
-2 |
6 |
1 |
5 |
0 |
Shunday qilib, musobaqaning chorak finaliga yo‘l olgan 8 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Ular bilan tanishing:
Uchrashuvlar |
|
|||
Jamoalar |
Ochko |
Jang |
G‘alaba |
Mag‘lubiyat |
1. BRITISH LIONHEARTS |
16 |
6 |
5 |
1 |
2. FRANCE FIGHTING ROOSTERS |
16 |
6 |
5 |
1 |
3. ASTANA ARLANS KAZAKHSTAN |
15 |
6 |
5 |
1 |
4. CUBA DOMADORES |
15 |
6 |
5 |
1 |
5. PATRIOT BOXING TEAM |
13 |
6 |
4 |
2 |
6. UZBEK TIGERS |
13 |
6 |
4 |
2 |
7. INDIAN TIGERS |
8 |
6 |
2 |
4 |
8. ITALIA THUNDER |
8 |
6 |
2 |
4 |
Fikrlar