Koselni Frantsiya termasidagi faoliyatini yakunladi
"O‘ylashimcha, men termaga bera oladigan borimni berib bo‘ldim. Hozir jamoada ajoyib avlod etishib chiqdi. Men uchun esa terma jamoadagi faoliyat yakuniga etdi.
Men doimo mamlakat bosh jamoasi muxlisi bo‘lib qolaveraman. Boisi, ular vatan sha’nini himoya qilishadi", - dedi Koselni.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi 2011 yildan buyon "uchranglilar" safida to‘p surib keladi va hozirga qadar Franiya termasi safida 51 uchrashuvda maydonga tushgan. U jarohati bois Rossiya maydonlarida o‘tgan mundialni o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar