Mxitaryan ertaga "Everton"ga qarshi bahsda "Arsenal"ga yordam berolmasligi mumkin

  • 22.09.2018 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan premer-liganing 6-turidan o‘rin olgan “Everton”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Kanonirlar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli armanistonlik futbolchi kuni kecha UEFA Evropa ligasi guruh bosqich ilk turida “Vorskla”ga (4:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan.

Ma’lumot uchun, "Arsenal" - "Everton" o‘yini 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!