Alonso «Barselona» futbolchisini «Chelsi»ga olib kelishni istamoqda

  • 04.10.2026 20:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqida El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Alonso 23 yoshli futbolchining tezkorligi, yuqori intensivlikda harakat qilishi va jarima maydoniga kirib borish qobiliyatini o‘z loyihasi uchun ideal deb hisoblamoqda.

«Barselona» esa Lopesni sotishni istamayapti. Kataloniya klubi 120 million evrodan kam taklif tushsa, muzokara stoliga o‘tirmasligi aytilmoqda. Shu bilan birga, transfer qiymati bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Fermin Lopesning «Chelsi»ga o‘tishi ehtimoli haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!