Alonsoga chempion jamoadan ish chiqdi

  • 19.01.2026 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”dan iste'foga chiqarilgan bosh murabbiy Xabi Alonso uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko'rinadi. Ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lgan klublar safi kengayib boryapti.

Xususan, Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati ham Xabi Alonsoni jamoa boshqaruviga olib kelishga qiziqish bildiryaapti.

Jurnalist Jeyms Uotlend ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar ispaniyalik mutaxassisning murabbiylik mahoratini yuqori baholaydi va uni anchadan beri kuzatib keladi.

Alonsoning yaqinda ishdan bo'shatilishi klubning hozirgi murabbiyi Arne Slotga bo'lgan bosimni yanada oshirdi. Yanvar oyida transferlarga sarmoya kiritilmagani ham gollandiyalik murabbiy kelajagining mavhumligi natijasidir.

Agar Slot lavozimidan ozod etilsa, Angliya amaldagi chempionlari Alonsoga murojaat qilishni  mo'ljallab qo'ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!