Amorim murabbiylik faoliyatida tanaffus olishga qaror qildi
Ruben Amorim "Manchester Yunayted"dan ketganidan keyin murabbiylikka qaytishga shoshilmayapti.
Portugaliyalik mutaxassis yanvar oyida iste'foga chiqarilgandi va uning o'rnini Maykl Kerrik egallagan. "A Bola" xabariga ko'ra, Amorim uzoq muddatli professional tanaffus olishga qaror qilgan va 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar hech qanday taklifni qabul qilmoqchi emas.
Shu bilan birga, u futboldan butunlay uzoqlashmaydi. Manbaga ko'ra, Amorim o'zi namuna deb biladigan murabbiylar ishini kuzatib boradi va keyinroq yaxshiroq tayyorgarlik bilan qaytishni maqsad qilgan.
Ruben Amorim 2024 yil noyabridan "Manchester Yunayted"ni boshqargan edi. U bunga qadar Lissabonning "Sporting" klubida muvaffaqiyatli ishlab, ikki marta Portugaliya chempioni bo'lgan.

Fikrlar