Ana xolos: O‘zbekiston milliy terma jamoasi keyingi oy Rossiya bilan o‘ynashi kutilyapti
Rossiya terma jamoasi noyabr oyida ikkita xalqaro oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi rejalashtirilgan. «RB Sport» nashrining xabar berishicha, raqiblardan biri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boʻlishi ehtimoli katta.
Manbalarga koʻra, Oʻzbekistonga qarshi bahs safarda oʻtkazilishi kutilmoqda. Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa noyabr oyidagi ikkinchi oʻyinni esa oʻz maydonida qabul qiladi.
Oktyabr oyidagi FIFA kunlari Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi Eron (2:0), Namibiya (6:0) va Nigeriya (3:3) terma jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlarini oʻtkazgan edi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi esa, 2026 yildagi jahon chempionatidan keyingi oʻquv-mashgʻulot yigʻini davomida Eronni 3:1, Suriyani 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Janubiy Koreyada tashkil etilgan uchinchi oʻrtoqlik oʻyinida esa Fabio Kannavaro shogirdlari 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Fikrlar