Anchelotti Angliyaga futbolchi jo‘natadi
Karlo Anchelotti “Real”ni qabul qilib olganidan keyin asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Isko “Qirollik klubi”ni tark etishni rejalashtiryapti.
Ayni paytda ispaniyalik yarim himoyachiga “Everton” asosiy xaridor bo‘lmoqda. Liverpul shahri klubi bosh murabbiyi Rafael Benites Iskoga shaxsan qiziqish bildirmoqda. Taniqli mutaxassis Iskoni jamoani tark etgan Xames Rodrigesga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Iskoning madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. “Qirollik klubi” mutasaddilari Isko erkin agentga aylanmay turib, uni qishda 18 million evroga sotib yubormoqchi.
Fikrlar