Andrey Shipilov: Birinchi taymda "uxladik"
Superliga 23-turi doirasida "Qizilqum"ga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvdan so‘ng "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey Shipilov bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi taymda jamoalar maydonda "uxlashdi". To‘g‘ri, bizda ikkita ajoyib standart vaziyat bo‘ldi. Bir safar to‘p chiziqni kesib o‘tgandek taassurot uyg‘ondi. Ammo bu holat bo‘yicha aniq xulosa ayta olmayman. Jamoalar xuddi nimanidir kutayotgandek harakat qilishdi.
Ikkinchi taymni esa juda muvaffaqiyatli boshladik. Tezkor gol urdik. Ortidan yana yuz foizlik imkoniyatga ega bo‘ldik. Biroq shunday vaziyatda hujumchimiz Tumasyanning qarorini tushunmadim. 2:0 bo‘lganda g‘alabaga juda yaqin kelardik. Futbolning o‘zgarmas qonuni bor, sen gol urmasang, senga urishadi degan. Mezbonlar bizni qarshi hujumda jazolashdi. Natija o‘yinga mos bo‘ldi. "Qizilqum" ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, Shodiev, Ibragimovlarning harakatlari muxlislarga manzur bo‘ldi. Men esa o‘z jamoamning o‘yinidan unchalik qanoatlanmadim. Ikkala jamoani ham kuzgi muhim ochkolar bilan tabriklayman", - dedi Shipilov,
Fikrlar