Angliya klubi eng tezkor futbolchini qo‘lga kiritdi
Angliyaning “Lids” klubi yozgi transfer oynasidagi so‘nggi xaridi Germaniyaning “Ayntraxt” klubi vingeri Jan-Matteo Baoya bo‘ldi.
“Lids” Baoyani 2026/2027 yildgi mavsum oxirigacha 1,7 million funt evaziga ijaraga oldi. Shundan so‘ng klub 24 million funt, jumladan, 4,3 million funtlik qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olgan summa evaziga futbolchini sotib olish optsiyasidan foydalanishi mumkin.
Kamerunlik ildizlarga ega 21 yoshli fransuz futbolchisi Bundesliga tarixidagi eng tezkor futbolchi ekani bilan tanilgan. U 2025 yil mart oyida “Bohum”ga qarshi uchrashuvda 37,16 km/soat tezlikka erishgan.
Baoya “Lids”da 1 sentabr kuni sotib olish optsiyasi bilan ijara asosida “Fiorentina”ga o‘tgan Vilfred N’onttoning o‘rnini egalladi.
Baoya 2024 yil yanvar oyida “Anje”dan o‘tganidan keyin “Ayntraxt” safida barcha musobaqalarda 78 ta uchrashuv o‘tkazib, yettita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar