Angliya kubogi. Yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi

  • 06.04.2026 00:06
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogi 2025/2026 yilgi mavsum yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi. Yarim final juftliklari:

"Chelsi" — "Lids Yunayted"
"Manchester Siti" — "Sautgempton"

Ma’lum qilinishicha, ushbu bosqich o‘yinlari 25 va 26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Chorak final bosqichida "Manchester Siti" "Liverpul"ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Chelsi" "Port Veyl"ni 7:0 hisobida yirik hisobda taslim qildi. "Sautgempton" "Arsenal"ni 2:1 hisobida yengdi, "Lids Yunayted" esa "Vest Xem Yunayted"ni penaltilar seriyasida (2:2, 4:2) mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!