Angliya yoki Italiya?

  • 10.04.2020 18:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges garchi zaxira futbolchisiga aylanib qolganiga qaramay, Evropa grandlarining qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga Angliya va Italiya klublaridan takliflar bor. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, Xamesga "Yuventus", "Napoli", "Manchester Yunayted" va "Everton" qiziqmoqda. Uning transferi esa 32 mln evroga baholanmoqda.

Xames Rodriges joriy mavsum “Real” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!