"Arsenal" hujumchisi uchun Italiya ning ikki grandi kurashmoqda

  • 23.01.2026 19:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus yozda jamoasini oʻzgartishi mumkin. Bu haqida "Calciomercato" nashri xabar bermoqda. 

Manba maʼlumotiga koʻra, braziliyalik forvardning "toʻpchilar" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yarim yil qolgan. Shu sababdan London klubi oʻz futbolchisini sotish imkoniyatini koʻrib chiqishi mumkin. Jezusning xizmatlariga ayni vaqtda "Yuventus" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda. Italiya jamoalari allaqachon futbolchi transferi boʻyicha taklif berishga tayyor. 

Gabrielning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, hujumchi joriy mavsum Arteta qoʻl ostida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!