Arteta Dyokereshning harakatlarini baholadi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasida "Liverpool"ga qarshi o'yinda (0:0) hujumchi Viktor Dyokereshning harakatlari haqida fikr bildirdi.
— Birinchi taymda jamoadа bir necha imkoniyatlar bo'ldi, jumladan, bir nechta uzatmalar butun jarima maydoni orqali o'tib ketdi. Dyokeresh esa, nazarimda, ularga yetib bora olmadi. Biz o'yinchilar bir-biriga moslashishi kerakligini aytgan edik. Nega u bu imkoniyatlarning ko'pchiligidan foydalanа olmadi?
— Ayrim vaziyatlarda u juda yaxshi pozitsiyada edi, ammo to'p ungacha yetib kelmadi.
Odatda biz jarima maydoniga to'p bilan kirib boramiz va bu ko'p hollarda golga olib keladi. Kimga pas berishni tanlaysan va zarba beriladi. "Liverpool"ga qarshi o'yinda esa aynan shu jihat yetishmadi — masalaning mohiyati shu.
Bizga yana qo'shish kerak. Shuningdek, ikkinchi taymdagi o'yinimiz, ehtimol, biz odatlanib qolgan standartlarga mos kelmadi, — dedi Mikel Arteta.
Joriy mavsumda forvard chempionatda 19 ta uchrashuvda 5 ta gol urgan.
Fikrlar