"Atletiko" hujumchisi "Barselona"dan qiziqish bo‘lganiga munosabat bildirdi
"Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares "Barselona"dan qiziqish bo‘layotgani haqida fikr bildirdi.
"Bu xabarlarga e’tibor bermaslikka harakat qilaman. Lekin men haqimda nima deyilayotganini bilaman. Bu barcha ijtimoiy tarmoqlarda bor. Men to‘liq e’tiborimni "Atletiko Madrid" qaratganman", — dedi Alvares.
Joriy mavsumda 25 yoshli forvard barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marta ishg‘ol qildi va o‘z hisobiga 4 assistni yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi "matraschilar" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida uning qiymati 100 million evro deb baholangan.
Fikrlar