Barimiz olamiz! “Barsa” superhujumchidan voz kechmoqchi emas
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” rahbariyati Madriddning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvaresning hozirgi jamoasini tark etish istagini ochiq aytganini yuqori baholadi.
Kataloniyaliklar “futbolchini shunchaki tashlab qo‘ya olmasliklarini” tushunishmoqda va uni o‘z safiga qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Mundo Deportivo xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi hali ham “Barselona”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, kataloniyaliklar Alvares transferi amalga oshmay qolgan taqdirda muqobil variantlardan ham voz kechishmagan.
Shuningdek, kataloniyaliklar Argentina terma jamoasida o‘ynayotgan Alvaresni jahon chempionati davomida chalg‘itishni istamayapti. Shu sababli klub futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha harakatlarni bir necha kunga to‘xtatib turishni ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar