"Barselona" De Yongni olib qolishga qaror qildi. Buning uchun klub afsonasi qurbon bo‘ladi
Serxio Buskets kelasi yozda “Barselona” klubini tark etadi. Futbolchi keyingi faoliyatini Amerikaning “Inter Mayami” klubida davom etiradi. Bu haqida Ispaniyaning "Diario Sport" nashri yozmoqda.
Xavi uning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi transfer qilmoqchi emas. Serxioning pozitsiyasini Frenki de Yong to‘ldirishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi ushbu mavsum barcha chempionatlarda klubning 5 ta o‘yinida maydonga tushdi. U 2008 yildan buyon “Barselona”ning asosiy jamoasida to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar