“Barselona” Messiga yoqadigan superhujumchi oladi

  • 14.01.2021 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida Serxio Agueroni olib kelishni istamoqda.

Argentinalik hujumchining “Manchester Sti” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Biroq “shaharliklar” keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgan o‘yinchiga yangi bitim taklif qilganicha yo‘q. Hatto, bu borada ish boshlanmagan.

“Barselona” xo‘jayinlari Serxio Aguero oktyabr oyida klubni tark etgan Luis Suaresning o‘rnini bosishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, Agurero “Barsa” etakchisi Lionel Messining yaqin do‘sti hisoblanadi. Surxio Leoni Kataloniyada qolishga ko‘ndirishi mumkinligi ham inobatga olinmoqda.

Shuningdek,Serxio Agueroga yaqinda PSJni qabul qilib olgan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino tomonidan ham jiddiy taklif bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!