“Barselona” qimmatbaho yulduzdan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati Usmon Dembele bilan yangi shartnoma tuzmaydigan bo‘ldi.
Manbalarning xabar berishicha, klub uzoq davom etgan muzokaralar jarayonida 24 yoshli futbolchini Kataloniyada qolishga ko‘ndira olmagan. Dembelening amaldagi kelishuvi yozda yakunlanadi.
Frantsiyalik hujumkor futbolchi “Barselona” tarkibiga 2017 yilda qo‘shilgan. Kataloniyaliklar bu o‘yinchi uchun “Borussiya”ga 135 million evro to‘lagan edi.
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi klub xo‘jayinlaridan Dembeleni olib qolishni so‘ragan edi. Ispaniyalik mutaxassis bu o‘yinchining iste’dodiga yuqori baho bergan.
Shunga qaramay, Dembele juda ko‘p jarohat oladi. Joriy mavsumda La Ligada beshta uchrashuvda qatnashib, ikkita golli pas uzatdi.



Fikrlar