"Barselona"ga Levandovski uchun o‘rinbosar, Ferranga esa "sherik" kelishi mumkin
Darvin Nunes "Barselona"ga o‘tishi mumkin.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, agent Xorxe Mendesh Robert Levandovski ketishi mumkinligini inobatga olib, Kataloniya klubiga urugvaylik hujumchi xizmatlarini taklif qilmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi "Liverpul"dan ketish haqida o‘ylamoqda. Bundan tashqari, "qizillar" ham u bilan xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Nunes joriy mavsum 34 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar