Batumida xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi. Abdulazizova Asmira esa hakam sifatida faoliyat yuritadi

  • 02.07.2026 00:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yil 1–11 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida 10-Xalqaro shaxmat festivali – "Batumi Municipality Cup-2026" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
⠀
Nufuzli turnir Batumi shahridagi Muhran Vaxtangadze nomidagi sport saroyida tashkil etiladi. Musobaqa har yosh toifasidagi shaxmatchilar va ishqibozlarni bir joyga jamlaydi.
⠀
Festival doirasida "Open A" va "Open B" turnirlari, shuningdek, o‘gil bolalar va qizlar o‘rtasidagi U-8, U-10 va U-12 yosh toifalaridagi bahslar o‘tkaziladi.
⠀
Musobaqa 9 turdan iborat bo‘lib, Shveytsariya tizimi asosida tashkil etiladi. "Open A" va "Open B" toifalarida ishtirokchilarga dastlabki 40 yurish uchun 90 daqiqa, qolgan partiya uchun esa yana 30 daqiqa vaqt beriladi. Shuningdek, har bir yurish uchun 30 soniyalik qo‘shimcha vaqt qo‘shib boriladi.
⠀
Mazkur xalqaro musobaqada Abdulazizova Asmira hakam sifatida faoliyat yuritadi. Bu esa O‘zbekiston shaxmatidagi yana bir katta yutuqlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!