Belotti "Torino" tarixiga kirdi
"Torino" forvardi Andrea Belotti o‘z nomini klub tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Gap shundaki, 26 yoshli hujumchi ketma-ket ikki mavsum “Torino” safida 15 tadan kam gol urmagan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha ushbu natijani Franchesko Gratsiani va Paolo Pulichi 1975/76, 1976/77 yilgi mavsumlarda qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Belotti “Torino” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 186 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 91 ta gol hamda 18 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar