Bernardu Silva tufayli ikki futbolchi “Barsa”dan ketadi

  • 04.06.2026 17:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”dagi uzoq yillik faoliyatini yakunlagan Bernardu Silvaning oʻz orzusidagi jamoa – “Barselona”ga oʻtishi bir necha kunga choʻzilishi mumkin.

Chunki Kataloniya superklubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik portugaliyalik pleymeyker uchun tarkibda joy boʻshatmoqchi. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, kataloniyaliklar yarim himoyachi Mark Kasadoni sotib yuborish niyatida. Futbolchining oʻzi ham koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun jamoani oʻzgartirishga qarshi emas.

Shuningdek, “Barselona” qanot hujumchisi Runi Bardjini ijarga berish variantini koʻrib chiqmoqda. Vingerga bir nechta jamoalar qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar uning ustidan nazoratni yoʻqotishni istamayapti.

Kutilishicha, Bernardu Silva “Barselona” bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Shu bilan birga, yarim himoyachi La Liganing moliyaviy qoidalariga mos kelish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!