Bir oʻyinchining jarohati Manchesterdagi boshqa yulduz faoliyatiga nuqta qoʻydi

  • 30.06.2026 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Meyson Mauntni sotish bo‘yicha «Milan»ga rasmiy taklif yo‘lladi.

Milan Press nashri ma’lumoticha, ingliz klubi 26 yoshli futbolchi uchun 25 million yevro atrofidagi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. «Rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim esa Mauntni jamoaga qo‘shib olish g‘oyasiga oldindan rozilik bildirgan.

«Manchester Yunayted» so‘nggi oylarda yarim himoya chizig‘ini jiddiy ravishda yangilashga kirishgan. «Atalanta» yarim himoyachisi Ederson Silva bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng klub yana bir-ikki futbolchini olishni rejalashtirmoqda. Biroq bu uchun avval transferlar hisobiga maosh va byudjetni bo‘shatish talab etiladi.

Dastlab mankunianlar bilan himoyachi Manuel Ugarte yo‘llari ajralishi kutilgan edi. Ammo u jahon chempionatida olgan jiddiy tizza jarohati tufayli bu variant deyarli amalga oshmaydigan ko‘rinish oldi. Shu bois klub endi Mauntni transfer ro‘yxatiga qo‘yishga tayyor.

«Chelsi»dan kelganidan beri Meyson Maunt tez-tez jarohat olib, maydonga barqaror tusha olmadi va natijada Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!