Boks. Vakillarimiz Belarusdagi xalqaro musobaqaga jo‘nab ketishdi

  • 21.11.2022 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

21-27 noyabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida boks bo‘yicha V.I.Livintsev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etishadi. Vakillarimiz bugun musobaqada qatnashish uchun Minskka jo‘nab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, vakillarimiz turnirga quyidagi tarkibda yo‘l olishdi:

-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Sanjarbek Vahobov
-57 kg: Dilshod Abduvaliev
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Aydos Tagaybaev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Murabbiylar: Akmal Hasanov, Sherzod Eshquvatov, Ruslan Telimbaev.

Karim To‘laganov musobaqa davomida hakam sifatida ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!