“Brayton” manchesterliklarni “yiğlatib” ketdi

  • 17.09.2026 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya ligasi kubogining 2026/2027 yilgi mavsumi 1/16 finalidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Brayton end Houv Albion” o‘rtasidagi uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi.

Bahs Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv mezbonlar uchun muvaffaqiyatli boshlangan edi. 8-daqiqada hujumchi Shi Leysi hisobni ochdi. Atigi ikki daqiqadan keyin manchesterliklarning ustunligini yarim himoyachi Meyson Maunt ikki karra oshirdi.

45+1-daqiqada «Brayton” hujumchisi Haralampos Kostulas hisobdagi farqni bitta golga qisqartirdi. 65-daqiqada Paskal Gros hisobni tenglashtirdi. 69-daqiqada mehmonlar jamoasi yarim himoyachisi Maksim De Koyper g‘alaba golini urdi.

Shu tariqa, “Brayton” Angliya Liga kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi, “Manchester Yunayted” esa musobaqani tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!