Bu kam! “Arsenal” hujumchi uchun 120 million yevro taklif qilib, rad javobini oldi
Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan Londonning “Arsenal” klubi Ispaniya chempionatida “Atletiko” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Xulian Alvaresni transfer qilishga urinib ko‘rgani oshkor bo‘ldi.
El Desmarque nashri jurnalistlari ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” rahbariyati argentinalik forvardni 2025 yildagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davomida qo‘lga kiritishga harakat qilgan.
O‘sha vaqtda angliyaliklar Alvares uchun 100 million yevro miqdorida kafolatlangan to‘lov va yana 20 million yevroni bonus sifatida taklif qilgan. Madrid klubi bu taklifni rad etgan.
Ilgari “Manchester Siti”da o‘ynagan argentinalik hujumchi Erling Xoland soyasida qolib ketayotganligi uchun 2024 yilda “Atletiko” safiga ko‘chib o‘tgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar