Bugun Jahon chempionatida to‘rt nafar dzyudochimizga muxlislilik qilamiz!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionati murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
Bugun musobaqaning beshinchi kuni erkaklar oʻrtasida -90, ayollarda esa -70 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi dasturda terma jamoamizning bir yoʻla toʻrt nafar vakili — Nurbek Murtazoev, Umar Bozorov, Xurshida Razzoqberdieva va Shirinjon Yoʻldosheva tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:
-90 kg: Nurbek Murtazoev — Roy Sivan (Isroil)/Eduard Trippel (Germaniya)
-90 kg: Umar Bozorov — Aleksa Mitrovich (Fransiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva — Tamara Lishchenko (Rossiya)
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva — Ida Eriksson (Shvetsiya)
Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar