Bundesliga oʻyinchisi oʻn ikki yildan keyin gol urdi. Lekin bu rekord emas

  • 05.04.2026 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Germaniya chempionatida 28-turida “Xaydenxaym” futbolchilari mehmonda Mönxengladbaxning “Borussiya” jamoasiga qarshi maydonga tushib, uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

“Xaydenxaym”ning ikkinchi golini ikkinchi bo‘lim o‘rtasida Marnon Bush urdi va bu tarixiy natija sifatida qayd etildi. Gap shundaki, Marnon Bush Bundesligada juda uzoq vaqt — 2014 yilning sentyabridan beri gol ura olmayotgan edi.

Bush Germaniya chempionati yuqori divizionida oxirgi golini urgandan beri jami 4207 kun o‘tdi. Lekin bu hali rekord emas.

Bundesliga tarixida faqat bitta o‘yinchi ikki gol orasida bundan ham uzoq tanaffus qilgan. Gap Bernd Shuster haqida ketmoqda, u uchun bu tanaffus 4875 kunni tashkil etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!