Buskets va Alba "jonbozlik" ko‘rsatdi

  • 31.08.2021 22:23
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Serhio Agueroni hali-hamon ro‘yxatdan o‘tkazishni uddalay olmaganidan xabaringiz bor. Argentinalik futbolchini jamoada olib qolish maqsadida Serhio Buskets va Jordi Alba o‘z maoshi qisqartirilishiga rozi bo‘ldi.

Klub o‘z futbolchilariga kechiktirilgan maoshlarni kelasi mavsumda to‘lab berishi ko‘zda tutilgan. Avvalroq Jerar Pike jamoaga moddiy yordam berish sifatida o‘z maoshining bir qismdan voz kechgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!